Рус   Eng   O'zb  
O'IKU a'zoligi:
 
   
Avtorizatsiya
Informerlar


Qidiruv
O'IKQU haqida

O'zbekiston injener-konsultantlar va quruvchilar Uyushmasi (O'IKQU) 24 Dekabr 2007 yilda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazrligi tomonidan qayd qilingan bo’lib, nodavlat va notijorat tahkilot hisoblanadi.

O’IKQU O’zbekiston Respublikasida injiniringni rivojlantirish, injiniring-konsalting faoliyati sohasidagi milliy va xorijiy tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va yoyishga aloqador professional asosdagi injiniring faoliyatini yurituvchi fuqarolar, yuridik shaxslar uyushmasi hisoblanadi.

O’IKQU injiniring-konsalting sanoatini dunyo miqyoslarida taqdim etuvchi Xalqaro Injener-Konsultantlar Federatsiyasi-FIDICga a’zo.

O’IKQU o'z faoliyatini Ustav va O'zbekiston Respublikasining joriy qonunchiligi asosida olib boradi.

 
O'IKQUning eng muhim maqsadi - o'z a'zolarining injener-konsultatsion faoliyatlarining rivoji uchun har tomonlama yordam ko'rsatish

O'IKQUning asosiy maqsadlari:

  • O’zbekiston Respublikasida sifatli konsultatsion injiniring xizmatlarini rivojlantirish va mukammalashtirish,
  • bu sohadagi muammolar echimida ko’maklashish, a’lo darajadagi tajribalarni taqdiq etish,
  • o’z a’zolarining xuquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish,
  • O’zbekiston Respublikasining intellektual saviyasini yuksaltirish,
  • O’zbek injiniring xizmatlarini boshqa davlatga iqtisodiy eksport qismi holiga yetkazish.

O'IKQUga Ustavni tan oluvchi, Ahloq kodeksig amal qiluvchi va O'IKQU maqsadalariga ko’maklashuvchi balog’at yo’shiga yetgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari a’zo bo’lishlari mumkin:

  • Davlat bosh loyiha institutlari
  • Shaxsiy loyiha tashkilotlari
  • konsalting-injiniring kompaniyalari
  • O'zbekiston Respublikasida joylashgan va tegishli ravishda qayd qilingan texnik va iqtisodiy Oliy O'quv yurtlari

Jismoniy shaxslarga talablar:

  • oliy texnik, iqtisodiy yoki moliyaviy ma’lumotga ega bo’lish
  • o'z sohasi bo’yicha eng kam 10 yillik ish tajribasiga ega bo’lish
  • malakali injeneer-konsultant talablari javob berish

Yuridik shaxslarga talablar:

Asosiy ish faoliyati quyidagilarga mos kelishi lozim:

  • texnik-iqtisodiy tushuntirish bosqichlarini ishlab chiqishga oid loyiha faoliyati olib borish
  • konsalting va injiniring xizmatlari ko’rsatish, qurilish mobaynida texnik va qurilma kuzatuvi olib borish
  • kommunal, turar joy, fuqaro- sanoat qurilishi sohasida qurilish va remont ishlari olib borish
  • turli toifali loyiha, muhandislik, qurilish ishlari sohasida yuqori toifali kadrlar tayyorlashga doir ishlar olib borish.

O'IKQUga a'zolik Uyushma a’zosini ro’yxatga olish varaqasini to’ldirish va yozma ravishda murojat etish orqali bajariladi.

07.03.2013
11.09.2010
Mirishkor tumani hududida joylashgan "Cho'lquvar" gaz, gaz kondensati konining dastlabki qudug'idan mahsulot olish boshlandi