Рус   Eng   O'zb  
O'IKU a'zoligi:
 
   
Avtorizatsiya
Informerlar


Qidiruv
Yangi kon ishga tushirildi

Mirishkor tumani hududida joylashgan "Cho'lquvar" gaz, gaz kondensati konining dastlabki qudug'idan mahsulot olish boshlandi.

– "Cho'lquvar" konida "Koson neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi" sho'ba korxonasi tomonidan burg'ulangan besh quduq vaqtincha koservatsiya qilingan edi, – deydi "Muborakneftgaz" unitar sho'ba korxonasi bosh geologi G'ayrat Olloberdiyev. – Ushbu quduqlarning dastlabkisi "Qorovulbozor neft va gaz quduqlarini tubdan ta'mirlash" ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan konservatsiyadan qaytarilib, korxonamizga sanoat miqyosida mahsulot qazib olish uchun topshirildi. Hozir bu yerda zamonaviy texnologiya asosida qazib olinayotgan xomashyo Muborak gazni qayta ishlash zavodiga jo'natilib, jahon andozalari darajasida tozalangan gaz iste'molchilarga yetkazib berilayotir, deb xabar beradi O'zA.

Yangi konda konservatsiyadan qaytarilgan quduqlarni sinash va qo'shimcha quduqlar qazish ishlari davom ettirilmoqda.

Uzreport.com 07.09.2010 16:21
07.03.2013
11.09.2010
Mirishkor tumani hududida joylashgan "Cho'lquvar" gaz, gaz kondensati konining dastlabki qudug'idan mahsulot olish boshlandi